Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 Bolalarning kunlik davolash muolajalari vrach nazoratida.

 

Sihatgohda davolanayotgan bolalarning sog‘lig‘ini tiklash va davolash samaradorligini oshirish maqsadida kunlik fizioterapevtik muolajalar belgilangan tartibda olib borilmoqda.

 

Muolajalar davomida tibbiyot xodimlari bolalarning holatini diqqat bilan kuzatib, belgilangan davolash tartib-qoidalariga rioya qilinishini ta’minlamoqda. Fizioterapiya xonasida zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalangan holda muolajalar malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Har bir bolaning davolanish jarayoni vrach nazoratida olib borilib, muolajalarning to‘g‘ri va xavfsiz bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday tizimli yondashuv bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

 

Orqaga