Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida yana bir ezgu tashabbus
Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, aholi o‘rtasida tarixiy va ma’naviy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Prezidentimiz qaroriga muvofiq 2018-yil 7-fevral
— “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3514-son qarorqabul qilingan dastur asosida joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi ishchi-xodimlari tomonidan ham ibratli va mazmunli tadbir tashkil etildi. Jumladan, jamoa a’zolari uchun yurtimizning muqaddas qadamjolari — “Yetti pir” ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi.
Ziyorat davomida ishtirokchilar ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, ulug‘ allomalar hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Bu kabi maskanlarda bo‘lish, nafaqat tarixiy bilimlarni boyitadi, balki inson qalbiga xotirjamlik, ruhiy tetiklik va ma’naviy poklanish bag‘ishlaydi.
Sayohat jarayoni samimiy muhitda o‘tdi. Xodimlar bir-birlari bilan yanada yaqinlashib, jamoaviy ruh mustahkamlandi. Bu esa, o‘z navbatida, ish samaradorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday tashabbuslar nafaqat ichki turizmni rivojlantirishga, balki insonlarning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Yurtimizning tarixiy obidalarini asrab-avaylash, ularga mehr bilan qarash — har birimizning burchimizdir!