Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida o‘quvchilar ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodga Konstitutsiyamizning mohiyati, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni haqida chuqur tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.

 

Tadbir davomida o‘quvchilar uchun Konstitutsiya qabul qilingan sana, undagi asosiy tamoyillar, davlat ramzlari hamda fuqarolarning burch va majburiyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Sihatgoh tarbiyalanuvchilari o‘zining ezgu fikrlari, she’rlari va sahna ko‘rinishlari orqali bayramona ruhni yanada jonlantirib berdilar.

 

Shuningdek, ma’naviyat mas’ullari tomonidan yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda vatanparvarlik va qonunga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan suhbat va savol-javoblar ham o‘tkazildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni, uning fuqarolar farovonligi va davlat barqarorligidagi ahamiyati yana bir bor eslatib o‘tildi.

 

Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarni huquqiy savodxonlikka, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Orqaga