Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida D-MED tizimi joriy etilmoqda

Bugungi kunda tibbiy xizmatni raqamlashtirish sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida ham D-MED elektron tibbiy axborot tizimini amaliyotga joriy etish ishlari jadal boshlandi.

Bu tizim orqali bemorlar haqidagi ma'lumotlar elektron shaklda yuritiladi, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni avtomatlashtiriladi va tezkor tahlil imkoniyati yaratiladi. Ushbu tizimni o‘zlashtirish maqsadida shifokor va hamshiralar uchun onlayn dars-mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Onlayn o‘quvlar davomida tibbiyot xodimlari D-MED’ning asosiy funktsiyalari, elektron kasal tarixini yuritish, hisobot tayyorlash va monitoring qilish usullarini o‘rganmoqda.

D-MED tizimining joriy etilishi sihatgohda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, hisobotlarning aniqligi va bemorlarni kuzatish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi.

Orqaga