Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Buxoro davlat muzeyi xodimlari, sihatgohda faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, shu yerda ishlagan va hozirda olamdan o‘tgan yurtdoshlarimizning yaqin qarindoshlari, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda davolanayotgan bolalar ishtirok etdilar. Umumiy ishtirokchilar soni 90 nafarga yaqin bo‘ldi.
Tadbir davomida sihatgohda davolanayotgan bolalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, badiiy kecha tashkil qilindi. Tadbir mehmonlarida chuqur taassurot qoldirgan yana bir qism — Buxoro davlat muzeyining maxsus sayyor ko‘rgazmasi bo‘ldi. Unda urush yillari, o‘sha davr hayoti va faxriylarimiz xotirasiga oid turli eksponatlar namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘tmishdagi fidokor insonlar xotirasi yodga olinib, bugungi tinchlik va osoyishtalik uchun minnatdorchilik izhor qilindi.

Orqaga