Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

2026-yilning 9 oyi davomida Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida bosh vrach o‘rinbosari D.Q. Hamroyeva tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

 

Tahlil davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borilgani qayd etildi:

 

1. Davolanayotgan bolalarning sog‘lig‘i va davolash jarayoni muntazam nazorat qilindi.

2. 1- va 2-davolash bo‘limlarida ertalabki tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

3. Shifokor va hamshiralar faoliyati nazorat qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

4. Hamshiralar bilan muntazam yig‘ilish va tushuntirish ishlari olib borildi.

5. Tibbiy hujjatlarning yuritilishi va ichki tartibga rioya etilishi nazorat qilindi.

6. Fizioterapiya va muolaja xonalarining faoliyati o‘rganildi.

7. Dori vositalarining saqlanishi va yaroqlilik muddati nazorat qilindi.

8. Bo‘limlar va boshqa xonalarning sanitariya-gigiyena holati tekshirildi.

9. Bolalarning sifatli va to‘g‘ri ovqatlanishi, kunlik menyu bajarilishi nazorat qilindi.

10. Ota-onalar bilan bolalarning davolanishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

11. Tungi navbatchilik va navbatchi xodimlarning faoliyati nazorat qilindi.

12. G‘ijduvon va Peshku tumanlarida kuratorlik faoliyati olib borildi.

13. Bolalarni sihatgohga jalb qilish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

14. Sihatgoh maktabi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan hamkorlik ishlari olib borildi.

15. Sihatgohda amalga oshirilayotgan tibbiy va tashkiliy ishlarning muntazam yoritilishi hamda nazorati ta’minlandi.

 

Yuqoridagi ishlar davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

Ushbu ma’lumotlar viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markaziga 9 oylik hisobot sifatida yuborildi.

 

 

Orqaga