“Amir Temur – Vatan va davlat timsoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir “Amir Temur – Vatan va davlat timsoli” mavzusida davra suhbati shaklida o‘tkazildi.
Davra suhbatida sihatgohda davolanayotgan bolalar, tarbiyachilar hamda xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirni ma’naviyat o‘qituvchisi olib borib, bolalarga buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi o‘rni, adolatli siyosati hamda yurtimiz tarixidagi beqiyos xizmatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Suhbat davomida bolalarga Amir Temurning jasorati, vatanparvarligi va dono siyosatidan ibrat olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ishtirokchilar buyuk ajdodimiz qoldirgan boy tarixiy merosni o‘rganish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligi haqida fikr almashdilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir bolalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy tarixga hurmat ruhini shakllantirish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.