Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

Bugun Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida shifokorlar kuniga bag‘ishlab “Jonga darmon- shifokorlar” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning bosh maqsadi — bemor bolalarning sog‘lom hayotini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarini e’zozlash va ularga minnatdorchilik bildirishdan iborat bo‘ldi.

 

Tadbirni sihatgohning Oʻquv ishlari boʻyicha bosh vrach oʻrinbosari U.Ismatov ochib berib, barcha shifokor va hamshiralarga o‘zining samimiy tabriklarini yo‘lladi. 

 

Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida shifokorlar haqida iliq so‘zlar aytildi, o‘quvchi va xodimlar tomonidan badiiy chiqishlar, she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat, samimiyat va mehrga to‘la lahzalar tuhfa etildi.

 

Tadbir yakunida barcha tibbiyot xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi

Orqaga