Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi maktabida bayramona tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar, tarbiyachilar hamda oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.

 

Dastlab tadbirni sihatgoh maktabining oʻquv ishlari boʻyicha bosh vrach oʻrinbosari U.Ismatov kirish soʻzi bilan ochib, ona tilining xalq hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Shundan soʻng oʻquvchilar tomonidan “Til – millat ko‘zgusi”, “Ona tilim – jon tilim”, “Til – xalqning ruhi” kabi she’r va sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida o‘qituvchilar ham tilimizning qadri, uni asrab-avaylash va yosh avlodga to‘g‘ri o‘rgatish haqida fikr bildirishdi.Oʻquvchilar oʻzlarining" Oʻzbek tili- millat koʻzgusi" mavzusida yozgan insholari bilan tadbirga koʻtarinki rux bagʻishladilar.

 

Tadbir bayramona kayfiyatda o‘tdi. Yakunda ona tiliga ehtirom, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

 

Ona tilimiz – millatimiz faxri, g‘ururi va mustaqilligimiz timsolidir.

 

 

Orqaga