Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Farzandlarimiz — baxtimiz, faxrimiz, kelajagimiz!

 

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida bayramona tadbir tashkil etildi. “Farzandlarimiz — baxtimiz, faxrimiz, kelajagimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbir bolajonlar qalbida bayramona kayfiyat uyg‘otdi.

 

Tadbir sihatgohning tajribali va mehribon tarbiyachilari — Saidov Sohib, Saidova Sanobar hamda Tursunova Dilfuzalarning tashabbusi va faol ishtirokida tashkil etildi. Ular bolalarning yoshiga mos, qiziqarli va ma’naviy boy dastur tayyorlab, farzandlarimizga unutilmas lahzalarni tuhfa etdilar.

 

Bayram dasturida bolalar tomonidan she’rlar, raqslar va kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek tadbirda Buxoriyi sharifning eng koʻzga koʻringan bir qator san'atkorlari ham oʻzlarining kuy va qoʻshiqlari bilan bolajonlar qalbida olam-olam quvonch baxsh etdi . Tadbir davomida bolalarga bayram sovg‘alari topshirilib, ularning yuzida quvonch, ko‘zlarida porloq kelajak ishonchi namoyon bo‘ldi.

 

Ushbu bayram tadbiri farzandlarimizga bo‘lgan e’tibor va mehr-muhabbatning yana bir ifodasi bo‘lib xizmat qildi. Albatta, har bir bola mehrga, e’tiborga, asrab-avaylashga loyiq. Ularning baxtli va sog‘lom ulg‘ayishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bunday e’tiborni his qilishlari jamiyatimiz kelajagi uchun muhim omildir.

 

Bolalar – yuragimiz quyoshi! Ularni asraylik, ardoqlaylik, kelajagimizni yanada nurafshon qilaylik.

Orqaga