Joriy yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Buxoro viloyati kasaba uyushmalari kengashi binosida o‘tkazilgan “Gullar bayrami” viloyat festivalida Buxoro viloyati bolalar ftiziatriya sixatgohi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan tayyorlangan go‘zal gullar kompozitsiyasi, ekologik targ‘ibot va madaniy dasturlar festivalga alohida ruh baxsh etdi.
Festivalь doirasida uyushtirilgan tadbirlar nafaqat go‘zallik va tabiat sevgisini ulug‘lagan, balki atrof-muhitni asrash, "yashil" iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim g‘oyalarni targ‘ib etdi. Sixatgoh xodimlari ushbu tadbirda ishtirok etish orqali madaniy hordiq chiqarib, tabiatga ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamladilar.
Bunday tashabbuslar jamoaviy ruhni kuchaytirish, ijobiy kayfiyat yaratish va ekologik madaniyatni oshirishda muhim ahamiyatga ega.