HAR BIR BOLA-SHIFOKOR E'TIBORIDA.
2026-yil 4-sentabr kuni Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohining 1-bo‘limida ertalabki tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Ko‘rikni vrach-ftiziopediatr N.Yo. Tursunova olib bordi. Ko‘rik davomida bo‘limda davolanayotgan bolalarning umumiy sog‘lig‘i, kayfiyati va davolanish jarayonidagi holati nazoratdan o‘tkazildi.
Shifokor har bir bolaning holatiga individual yondashib, ularning shikoyatlari va sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarni o‘rgandi. Davolash jarayonining samaradorligini ta’minlash, shifokor tavsiyalariga rioya qilish hamda belgilangan muolajalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday muntazam tibbiy ko‘riklar bolalar salomatligini doimiy nazorat qilish, kasallikning kechishini kuzatib borish va davolash jarayonini to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sihatgohimizda har bir bolaning sog‘lomligi va tezroq sog‘ayishi — asosiy maqsadimiz!