Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Hurmatli sihatgohimiz hamshiralari!

Sizlarni 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Sizlarning mehr-oqibat, sabr-toqat va yuksak mas’uliyat bilan olib borayotgan sharafli mehnatingiz sihatgohimiz faoliyatida beqiyos ahamiyatga ega. Bemorlar salomatligini tiklash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yo‘lidagi fidokorona xizmatingiz barcha ehtiromga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli kasbingizda ulkan yutuqlar, kuch-g‘ayrat va omad tilayman.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

bosh vrachi X.A. Safarov

 

Orqaga