Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Hamshiralar faoliyati muhokama qilindi.   

25.09.2026 yil Sihatgohda 1- va 2-davolash bo‘limlari hamshiralari ishtirokida bosh vrach o‘rinbosari D.Q. Hamroyeva , 1-boʻlim mudiri vrach-ftiziapediatr M. Gulyamova hamda 2-boʻlim mudiri vrach- ftiziopediatr Z. Irgashevalar tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida bo‘limlarda ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, muolajalarni belgilangan tartibda bajarish hamda bemorlar bilan xushmuomalalikda muloqot qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, dori-darmonlarni belgilangan tartibda saqlash va ish jarayonida mas’uliyatni yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

Yig‘ilish yakunida hamshiralarga o‘z vazifalarini sidqidildan bajarish, bolalar salomatligini muhofaza qilish va davolash jarayonining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Orqaga