Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!
Qadrli sihatgohimiz jamoasi!
Barchangizni ezgulik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan Ramazon hayiti, hamda yurtimizga yangilanish va qut-baraka olib kiruvchi Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlar bolalar salomatligini asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilib, yuksak mas’uliyat va insonparvarlik namunasini ko‘rsatmoqdasiz. Bu sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz uchun har biringizga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Ushbu qutlug‘ ayyomlar qalbingizga quvonch, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilangizga tinchlik-totuvlik va sihat-salomatlik olib kelsin. Barchangizga ish faoliyatingizda yangi yutuqlar, omad va zafarlar tilayman.
Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
X.A. Safarov
Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi
bosh vrachi