IJODGA BOY YOZGI KUNLAR DAVOM ETMOQDA
Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida bolalarning yozgi dam olishlarini mazmunli, qiziqarli va foydali tashkil etish maqsadida har bir kun alohida mavzu asosida o‘tkazilmoqda.
Haftaning seshanba kuni “Ijod kuni” deb belgilangan bo‘lib, ushbu kunda bolajonlar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida bolalar rasm chizish, rangtasvir ishlari, turli qo‘l mehnati namunalarini yaratish hamda qiziqarli ijodiy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.
Ijodiy faoliyat bolalarning tasavvur doirasini kengaytirish, estetik didini shakllantirish, mustaqil fikrlash va o‘z iste’dodlarini namoyon etishlariga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar davomida yaratilgan rang-barang rasmlar va qo‘l mehnati ishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
Sihatgoh jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan bunday mazmunli tadbirlar bolalarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, ularda ijobiy kayfiyat va ijodkorlik ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bolalar kulgusi yangragan maskanda har bir kun – yangi taassurot, yangi ijod va yangi yutuqlar sari yana bir qadamdir!