Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

Buxoro viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohi ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish va jamoa o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida maxsus sayohat tashkil etildi.

Ushbu tadbir doirasida sihatgohning 14 nafar xodimi Buxoro viloyatida joylashgan “7 pir” ziyoratgohlariga ziyorat safarini amalga oshirishdi. Ziyorat qilingan muqaddas manzillar quyidagilardan iborat:

1. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (G‘ijduvon tumani)

2. Xoja Orif Revgariy (Shofirkon tumani)

3. Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy (Vobkent tumani)

4. Xoja Ali Romitaniy (Romitan tumani)

5. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (Romitan tumani)

6. Xoja Sayyid Amir Kulol (Kogon tumani)

7. Xoja Bahouddin Naqshband (Qasri Orfon majmuasi, Buxoro shahri yaqinida)

Ziyorat davomida ishtirokchilar nafaqat tarixiy-ma'naviy muhitdan bahramand bo‘ldilar, balki nafs tarbiyasi, axloq va odob, insonparvarlik, mehnatga sadoqat kabi qadriyatlar haqida ham ko‘plab ibratli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar jamoa a'zolarining ruhiy tiklanishi, ma'naviy boyishi va ish joyida yanada samarali faoliyat olib borishlari uchun katta ahamiyatga egadir.

Orqaga