Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

Romitan tumanida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 21 fevraldagi 37-sonli buyrug‘ining 4-ilovasi asosida sil kasalligining rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan 0–18 yoshli bolalardan iborat xavfli guruh orasida profilaktik ishlar samarali tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Buxoro viloyati bolalar ftiziatriya sixatgohi shifokori, Tursunova N.Yo. tomonidan kurator sifatida ishtirok etildi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbir Romitan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMPda tashkil etilgan bo‘lib, unda Romitan KTMP mudiri Sodiqova M.B., tuman bosh ftiziatri Boltayev U.A. hamda bolalar va ularning ota-onalari faol ishtirok etdi.

Tadbir doirasida xavfli guruhga kiruvchi bolalar soni 28 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, amalda 51 nafar bola profilaktika ko‘rigidan Bu esa aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari, shuningdek shifokorlar va kuratorlarning mas'uliyatli faoliyati samarasi hisoblanadi.

Sil kasalligini barvaqt aniqlash va uning oldini olishda bunday tadbirlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, kelgusida ham profilaktika ishlari tizimli davom ettiriladi.

 

 

Orqaga