Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 Viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohi vrachi Dilnoza Xamroyeva kuratorlik vazifasi doirasida Kogon shahar tibbiyot birlashmasi huzuridagi tuberkulyozga qarshi dispanserga ishchi tashrif buyurdi.

Safari davomida u dispanserda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 21 fevraldagi 37-sonli buyrug‘i ijrosini o‘rgandi. Ushbu buyruq 0–18 yoshli, sil kasalligi rivojlanishiga moyil bolalardan iborat xavfli guruhni monitoring qilish va rejali profilaktik ko‘rikdan o‘tkazishni nazarda tutadi.

Tashrif chog‘ida Dilnoza Xamroyeva xavf guruhiga kiruvchi bolalarni sog‘lomlashtirish va profilaktik nazorat ishlarini ko‘zdan kechirdi hamda kelgusi chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Bu safar viloyat bolalar ftiziatriya xizmati va mahalliy dispanser hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Orqaga