Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida hamshiralar konferensiyasi o‘tkazildi

 

Bugun Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, mehnat muhofazasi hamda tibbiy etika qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida hamshiralar konferensiyasi tashkil etildi.

 

Mazkur tadbir sihatgoh bosh hamshirasi D. Sattorova hamda mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi Mahmudov Po‘lat boshchiligida o‘tkazildi.

 

Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 88-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Jumladan, tibbiyot xodimlarining xizmat odobi, muomala madaniyati, tashqi ko‘rinish va kiyinish madaniyati, bemorlar bilan ishlash jarayonida kasbiy etikaga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, tadbirda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, ish jarayonida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

 

Konferensiya davomida tibbiyot xodimining yuksak madaniyati, xushmuomalaligi va mas’uliyati bemorlar salomatligini tiklashda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

 

Tadbir savol-javoblar va fikr almashuvlarga boy tarzda yakunlandi.

Orqaga