MUOLAJALAR SAMARASI - NAZORATDA
2026-yil 18-sentabr kuni Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida davolanayotgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va muolajalar jarayonining tashkil etilishi nazorat qilindi.
Sihatgoh bosh vrach o‘rinbosari D.Q. Hamroyeva mulaja xonasida kunlik davolash muolajalarini olayotgan bolalarning salomatligini ko‘zdan kechirdi. Ko‘rik davomida bolalarning umumiy holati, muolajalarni qabul qilish jarayoni hamda tibbiyot xodimlari tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishi kuzatildi.
Shuningdek, mulaja xonasidagi dori-darmonlarning yaroqlilik muddati, saqlanish sharoiti va joylashtirilish tartibi ham ko‘zdan kechirildi. Dori vositalarining belgilangan shartlarda saqlanishi, yaroqlilik muddati muntazam nazorat qilinishi hamda ularni qo‘llashda ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan yondashish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat jarayonida muolajalar vaqtida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, tibbiy vositalardan to‘g‘ri foydalanish va bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Sihatgohda har bir bolaning sog‘lig‘ini asrash, davolash jarayonini samarali tashkil etish va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar muntazam davom ettirilmoqdа.