Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 

"Afsungar" shov guruhi tomonidan bolalarga bayramona tomosha

Buxoro tumani Madaniyat uyi qoshida faoliyat yuritayotgan, Azamat Shoyev boshchiligidagi "Afsungar" shapito sirk-shou guruhi tomonidan viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari uchun badiiy tomosha tashkil etildi.

Mazkur tadbir bolalarning ma'naviy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatish, ularda ijobiy emotsiyalar uyg‘otish, davolanish jarayonini yanada samarali o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Shou dasturda turli qiziqarli illyuziyalar, jonli qahramonlar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, akrobatik harakatlar va hazil-mutoyibalar namoyish etildi.

Tomosha davomida bolalarning yuzlaridagi tabassum, ularning quvnoq kayfiyati tadbirning qanday yuqori darajada tashkil etilganini anglatib turdi. Ota-onalar va tibbiyot xodimlari ham bunday madaniy-ma'naviy dasturlar bolalar salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tishdi.

"Afsungar" shapito sirk jamoasiga bu xayrli tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildiriladi va kelgusida ham shunday insonparvar tadbirlar davom etishiga umid bildiriladi.

 

Orqaga