Bugungi kunda xalqimiz salomatligini muhofaza qilish, bolalarimizning sog‘lom ulg‘ayishini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz, insonparvarlik va sadoqatingiz alohida e’tirofga loyiqdir.
Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida faoliyat yuritayotgan har bir xodimning mas’uliyatli mehnati, bolalar sog‘lig‘ini tiklash va ularning hayotiga quvonch olib kirishdagi hissasi tahsinga sazovordir.
Fursatdan foydalanib, Siz aziz hamkasblarga sihat-salomatlik, tinchlik, oilaviy farovonlik va kasbiy faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Yuragingizdagi ezgu niyatlar amalga oshsin, mehnatingizning samarasini yurtimiz ravnaqi va xalqimiz minnatdorligida ko‘rishingizni istayman.
Sizlarni chin qalbimdan Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman!
Hurmat bilan.
X.A. Safarov Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh vrachi.