Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

????️ "Mohi Xossa" muzeyiga maroqli sayohat tashkil etildi

 

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida bolalarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida tarixiy-madaniy maskanlarga sayohatlar uyushtirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri sifatida bugun bolajonlar uchun "Mohi Xossa" muzeyiga sayohat tashkil etildi.

 

Sayohat davomida bolalar muzeydagi noyob tarixiy eksponatlar, qadimiy buyumlar, milliy an'analarimiz va ajdodlarimiz merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan qiziqarli ma'lumotlar bolalarda tariximizga bo‘lgan qiziqish va hurmat tuyg‘ularini yanada oshirdi.

 

Muzey bo‘ylab ekskursiya davomida bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tarixiy obidalar va milliy qadriyatlarimiz haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. Sayohat ularda Vatanga muhabbat, milliy merosimizga ehtirom va tarixiy xotirani asrab-avaylash kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.

 

Mazkur sayohat bolalar uchun nafaqat qiziqarli hordiq, balki ma'naviy-ma'rifiy jihatdan ham foydali bo‘ldi. Ularning yuzlaridagi quvonch va taassurotlarga boy lahzalar tadbirning muvaffaqiyatli o‘tganidan dalolat berdi.

 

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida yozgi dam olish mavsumi davomida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashi va bilimlarini kengaytirishga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam davom ettiriladi.

 

Orqaga