Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 

Yurtimizda eng ulug‘ va aziz sanalgan – Mustaqillik bayrami munosabati bilan barcha hududlarda qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ham qator tashabbuslar amalga oshirildi.

Tadbir doirasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i E. Oltiyev fidokorona mehnati va mas'uliyatli xizmat faoliyati uchun viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohining rentgen laboranti, hamshira Shodiyeva Feruza Rustamovnani tashakkurnoma bilan taqdirladi. Bu e'tirof, shubhasiz, sog‘liqni saqlash tizimida sidqidildan xizmat qilayotgan barcha xodimlar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.

Shuningdek, mustaqilligimiz bayrami munosabati bilan bolalar ftiziatriya sixatgohida homiylar ko‘magida ishchi-xodimlar uchun bayramona dasturxon yozilib, milliy palovdan tatib ko‘rildi. Tadbir katta ko‘tarinki ruhda, do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi.

 

Orqaga