Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 

 Yoz faslining issiq kunlarida bolalarning oftob urishiga uchrash holatlari ortib bormoqda. Bu esa tibbiyot va ta'lim muassasalari zimmasiga yanada katta mas'uliyat yuklaydi. Shu munosabat bilan Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh shifokori rahbarligida “Oftob urishiga uchragan bolalarga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 Seminarda tarbiyachilar va tibbiyot xodimlari ishtirok etib, oftob urishi belgilarini aniqlash, bolalarga birinchi yordam ko‘rsatishdagi tezkor va samarali usullar haqida nazariy va amaliy ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

 Seminar dasturi doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

• Oftob urishi (issiq urishi) sabablari va xavf omillari;

• Oftob urishi belgilar (harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, lanjlik, hushdan ketish);

• Birinchi yordam tartibi: bolaning soyaga chiqarilishi, sovuq latta qo‘yish, suv ichirish, tez yordam chaqirish kabi harakatlar.

Bosh shifokor ta'kidlaganidek, har bir tarbiyachi va tibbiyot xodimi ushbu holatlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida harakat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart. Bu esa bolalar hayoti va sog‘lig‘ini asrashda muhim ahamiyatga ega.

 Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z bilimlarini yanada mustahkamlab, bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligiga alohida urg‘u berildi.

 

Orqaga