Ota-onalar bilan ochiq muloqot
Sihatgoh maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari U. Ismatov, bosh vrach o‘rinbosari D. Hamroyeva hamda 1-davolash bo‘limi mudiri, vrach-ftiziopediatr M. Gulyamova tomonidan sihatgohga davolanish uchun qabul qilinadigan bolalarning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida bolalarning davolanish jarayoni, kun tartibi, ta’lim olishi va sihatgohda yaratilgan sharoitlar haqida zarur tushuntirishlar berildi.
Ota-onalarning savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berilib, hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.