Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

Peshku tumani tibbiyot birlashmasining ftiziopediatri va kurator Z.Irgasheva tomonidan 2025 yilning aprelь oyida MTM–17 muassasasida sil kasalligining barvaqt aniqlanishi va samarali profilaktikasi bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida muassasada ta'lim olayotgan 90 nafar bolaga zamonaviy diagnostik usul — Diaskintest sinamasi qo‘llanildi. Ushbu test bolalar orasida sil infektsiyasiga qarshi organizmning reaktsiyasini aniqlashda yuqori aniqlikka ega hisoblanadi va jahon tibbiyotida keng qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari ishtirokida ma'ruza va ochiq muloqot shaklida seminar tashkil etildi. Seminarda Z.Irgasheva tomonidan sil kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, uning bolalar sog‘lig‘iga ta'siri, barvaqt aniqlashning ahamiyati hamda profilaktik chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarda sil kasalligi xavfini erta aniqlash, ota-onalar va tarbiyachilarning tibbiy savodxonligini oshirish orqali ushbu kasallikning oldini olishga qaratilgan.

Shu kabi profilaktik tadbirlar tumanning boshqa MTM va umumta'lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Orqaga