Qizamiq profilaktikasi bo‘yicha viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida seminar o‘tkazildi
Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida infektsion nazorat komissiyasi tashabbusi bilan qizamiq profilaktikasi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni bosh vrach X.Safarov olib bordi.
Maqsad — sihatgohga qabul qilinayotgan bolalar orasida qizamiq xavfsizligini ta’minlash, profilaktika va emlash ishlarini samarali tashkil etish. Ma’ruzada qizamiq kasalligining belgilari, yuquvchanlik xususiyatlari, klinik davrlari va asoratlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, MMR vaksinasining ahamiyati, profilaktika choralari va sihatgohdagi nazorat tartiblari muhokama qilindi. D. Hamroeva ishtirokchilarga quyidagi tavsiyalarni berdi:
• Qabul jarayonida barcha bolalarning emlash kartalarini tekshirish;
• Shubhali holatlarda izolyatsiya va karantin choralarini tezkor qo‘llash;
• Dezinfeksiya va sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish;
• Bolalar va ota-onalarga qizamiq belgilari va oldini olish choralari haqida muntazam tushuntirishlar berish.
Seminar yakunida ishtirokchilar qizamiq profilaktikasi bo‘yicha barcha amaliy tadbirlarni tizimli amalga oshirish, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.
Xulosa: Qizamiq profilaktikasi bo‘yicha muntazam nazorat va emlash ishlarini kuchaytirish — bolalar sog‘lig‘ini saqlash va kasallik tarqalishining oldini olishning eng samarali yo‘li hisoblanadi.