Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

  Romitan tumanida sil kasalligi profilaktikasi bo‘yicha xizmat safari

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi vrachi N. Tursunova kurator sifatida Romitan tumani KTMPda bo‘lib, O‘zR SSVning 2014 yil 24 oktabrdagi 383-sonli buyrug‘i ijrosi, sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar va ular bilan muloqotda bo‘lgan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish hamda profilaktika ishlari holatini o‘rgandi.

Tumanda aholi soni 154 397 nafar bo‘lib, shundan 0–18 yoshli bolalar 51 689 nafarni tashkil etadi. 2025 yildan buyon sil kasalligi bilan 5 nafar birlamchi bemor aniqlangan, 0–14 yoshli bolalar orasida bemor qayd etilmagan.

Musicha OPda muloqotda bo‘lgan bolalarning ambulator kartalari tekshirilib, kimyoprofilaktika ishlari nazorat qilindi. Xavf guruhi rejasi hamda bemorlar va muloqotdagilarning elektron ro‘yxati shakllantirilgan.

Shuningdek, xavf guruhidagi bolalar orasida tuberkulin sinamasi o‘tkazilib, musbat natija qayd etilgan bolalarni kimyoprofilaktika olish uchun sihatgohga yuborish tavsiya etildi.

Xizmat safari davomida Romitan tumani KTMP mudiri Sodiqova M.B. bilan birgalikda sil kasalligi profilaktikasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Orqaga