Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 21 fevraldagi 37-sonli buyrug‘i 4-ilovasi talablariga muvofiq, Romitan tumanida 0–18 yoshli bolalar orasida sil kasalligi rivojlanishiga moyillik bo‘yicha xavf guruhlari natijalariga ko‘ra:

• Tuberkulyoz infektsiyasi bo‘yicha xavf guruhi – 126 nafar bola

• Surunkali kasalliklarga ega bolalar – 612 nafar

• Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalar – 528 nafarni tashkil etadi.

Monitoring kurator Tursunova N.va tuman ftiziatri Badriddinov F. hamkorligida amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida vazirlik buyrug‘i ijrosi tahlil qilinib, bolalar salomatligini muhofaza qilish, erta tashxis va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish shuningdek, tuberkulyoz infektsiyasi bo‘yicha xavf guruhiga kirgan 126 nafar bolani yo‘llanma orqali Viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohiga reja asosida davolash tavsiya etildi.

Mutaxassislar, ayniqsa, xavf guruhiga kirgan bolalarni muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tuberkulyozga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish hamda aholining xabardorligini oshirish zarurligini ta'kidladilar.

Bu tadbirlar Romitan tumanida sil kasalligiga qarshi kurashish va bolalar salomatligini asrash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Orqaga