Buxoro viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohi ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tarbiyachi-o‘qituvchilar uchun ma'naviy-ma'rifiy va madaniy dam olishni ta'minlash maqsadida sayohat tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi maktabining 18 nafar tarbiyachi-o‘qituvchisi Navoiy viloyatida joylashgan Sarmishsoy dam olish maskaniga sayohat qildilar.
Sayohat davomida ishtirokchilar Sarmishsoyning tabiiy go‘zalliklari, tarixiy yodgorliklari va mashhur qadimiy petrogliflari (qoyatashdagi suratlar) bilan yaqindan tanishdilar. Dam olish maskanining sof havosi, go‘zal manzaralari va tinch muhiti tarbiyachilarning ruhiy hordiq chiqarishlari, yangi kuch va ilhom bilan o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishlariga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar tarbiyachi-o‘qituvchilarning ish unumdorligini oshirish, jamoa o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.