Sihatgoh oshxonasida ovqatlanish jarayoni nazorat qilindi
22.09.2026 yil
Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohining bosh vrachi D.Q. Hamroyeva sihatgoh oshxonasida navbatdagi ko‘rik va nazorat ishlarini olib bordi.
Ko‘rik davomida bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini tashkil etish jarayoni, taomlarning tayyorlanishi hamda kunlik ovqatlanish tartibi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bolalar uchun belgilangan kunlik ovqat menyulari ko‘rib chiqilib, taomlarning xilma-xilligi va bolalarning yoshiga mos ravishda tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.
Oshxonadagi sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va tayyor taomlarni bolalarga o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari ham nazoratdan o‘tkazildi.
Bolalarning to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanishi ularning davolanish jarayoni, sog‘lom rivojlanishi hamda immunitetini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Sihatgohda bolalar salomatligini asrash bilan bir qatorda, ularning sifatli ovqatlanishi va qulay sharoitda davolanishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.