Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Hurmatli Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi shifokorlari!

 

Sizlarni kasb bayramingiz — Shifokorlar kuni munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

 

Bolalar salomatligini tiklash va mustahkamlash yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatingiz, insoniylik, sabr-toqat va mehr bilan yo‘g‘rilgan xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning har bir bemor bolaga bergan e’tiboringiz, samimiy muomalangiz va kasbiy mahoratingiz jamiyatimizning eng bebaho boyligi — sog‘lom avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shmoqda.

 

Sizlarga mustahkam sog‘liq, bardavom kuch-quvvat, oilaviy baxt va faoliyatingizda yanada katta zafarlar tilaymiz!

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

Hurmat bilan,

Sihatgoh maktabi jamoasi.

Orqaga