Sil profilaktikasida Diaskintest afzalligi.
Sil kasalligini erta aniqlash maqsadida Qorovulbozor tumanidagi 1-sonli bog‘cha tarbiyalanuvchilariga Diaskintest sinamasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohi vrachi Mohira Barotovna ishtirok etdi. Bolalar va ota-onalar uchun profilaktikaga oid targ‘ibot ishlari hamda pedagogik jamoaga Diaskintest sinamasining ahamiyati, uning afzalliklari, natijalar asosida amalga oshiriladigan tibbiy choralar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Natijalar:
Jami bollarga Diaskintest qo‘yildi: 105 nafar
•Musbat natija (kasallik ehtimoli bor): 17 nafar
•Manfiy natija (kasallik yo‘q): 85 nafar
•Shubhali natija (qo‘shimcha tekshiruv talab etadi): 3 nafar
Diaskintest afzalliklari:
• Aniqligi yuqori
• Faqat aktiv infektsiyaga javob qaytaradi
• Bolalar uchun xavfsiz va samarali
Xulosa:
Diaskintest — bolalarda silni erta aniqlashda ishonchli usul. Vrach Mohira Barotovnaning ishtiroki va profilaktik targ‘iboti esa aholini xabardor qilish va kasallik tarqalishining oldini olishga xizmat qildi.