Buxoro viloyati bolalar ftiziatriya sixatgohi bolalari uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar doirasida navbatdagi qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida Viloyat o‘lkashunoslik muzeyining Tabiat bo‘limi mutaxassislari tomonidan kuchma ko‘rgazma tashkil etildi.
Muzey xodimlari bolalar uchun turli eksponatlar — hududimizda yashovchi hayvonot dunyosiga oid namunalarni olib keldilar. Bolalar tabiatda uchraydigan turli qushlar, hayvonlar, hasharotlar va ularning hayot tarzi haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Ko‘rgazma davomida bolalar nafaqat hayvonlar namunalarini yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar, balki ular haqida savollar berishib, ilmiy va ta'limiy bilimlarini boyitdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarda tabiatga mehr, uni asrash hissini uyg‘otish, ularning umumiy bilim saviyasini oshirish va davolash jarayonini ma'naviy boyitishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘chma ko‘rgazma bolalarda katta taassurot qoldirdi. Ular hayvonlar hayoti, turlari va tabiatdagi o‘rni haqida foydali ma'lumotlar oldilar. Tadbir yakunida bolalar muzey xodimlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi va kelgusida yana shunday uchrashuvlarni intiqlik bilan kutmoqda.