Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 

 

Bugun Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida “Bayrogʻimiz — faxrimiz, gʻururimiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarimizda Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va sadoqat tuygʻusini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

 

Tadbir davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Unda sihatgoh tarbiyalanuvchilari, shifokorlar, hamshira va tarbiyachilar faol ishtirok etishdi. Dastur davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining qabul qilinishi, uning ramziy maʼnosi, ranglari va timsollari haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

 

Sihatgoh tarbiyalanuvchilari tomonidan Vatan, bayroq va mustaqillik mavzusiga bagʻishlangan sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro etildi. Shuningdek, kichik sahna koʻrinishlari orqali yoshlarimizning ijodiy qobiliyatlari namoyish etildi.

 

Tadbir jarayonida oʻqituvchilar bayroqning har bir fuqaroga bebaho qadriyat ekanini ta’kidlab, yoshlarga uni ardoqlash va hurmat qilish haqida tushuntirishlar berishdi. Shifokorlar esa Vatan ravnaqi yo‘lida sog‘lom avlodni tarbiyalash barchamizning mas’uliyatimiz ekanini qayd etishdi.

 

“Bayrogʻimiz — faxrimiz, gʻururimiz” tadbiri barchaga ko‘tarinki ruh, vatanparvarlik kayfiyati ulashdi va yakunda umumiy xotira uchun suratga tushildi.

 

 

Orqaga