Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 188-sonli “Tibbiyot muassasalarida qat’iy intizom o‘rnatish, tartib va madaniyat olib kirish mezonlarini belgilash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida xodimlar o‘rtasida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida buyruqda belgilangan asosiy talab va mezonlar, xususan:

• Mehnat intizomini mustahkamlash,

• Ichki tartib-qoidalarni to‘liq bajarish,

• Xizmat madaniyatini oshirish,

• Ish joyida tozalik va gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish,

• Xodimlarning bir-biriga hurmat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi

kabi masalalar atroflicha tushuntirildi.

Tadbirda tibbiyot muassasasida intizom va madaniyatni yuksaltirish, bemorlar va ularning yaqinlariga sifatli xizmat ko‘rsatishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va kelgusida belgilangan mezonlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar berildi.

Bunday tadbirlar xodimlarning kasbiy mas’uliyatini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida yuksak xizmat madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

 

Orqaga