Viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohida bosh shifokor Xamza Safarov rahbarligida navbatdagi ichki ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda shifokor o‘rinbosari, bo‘lim mudirlari, bosh va katta hamshiralar, hamda texnik va ma'muriy ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi.
Yig‘ilishda muassasada o‘tkazilgan ichki monitoring natijalari asosida aniqlangan bir qator kamchiliklar muhokama etildi. Jumladan:
• sanitar-gigiyenik holatda kuzatilgan kamchiliklar;
• ijro intizomidagi nazoratsizlik holatlari;
• tashkilotchilik va ichki intizom borasidagi yetishmovchiliklar;
• dori vositalarining saqlanishi va ular ustidan nazorat masalalari.
Shu bilan birga, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan asosiy masalalar yuzasidan tahlillar o‘tkazilib, ularni mahalliy shart-sharoitlarda amaliyotga joriy etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tibbiyotdagi 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi doirasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, tashkilotda faoliyat yuritayotgan barcha bo‘g‘indagi xodimlar mas'uliyatini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bosh shifokor Xamza Safarov har bir rahbar va mas'ul shaxsning shaxsiy javobgarligini yana bir bor ta'kidlab, aniq ijro va qat'iy nazorat talab etilishini qayd etdi