Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida bemorlar holati nazoratda.

2026-yil 25-avgust holatiga ko‘ra, Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida 124 nafar bemor davolanmoqda.

Sihatgohda bolalarning salomatligini tiklash, davolash jarayonini samarali tashkil etish hamda ularning sog‘lig‘ini doimiy nazorat qilib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun sihatgoh bosh vrach o‘rinbosari D.K. Hamroyeva muassasaning fizioterapiya bo‘limi hamda 2-davolash bo‘limida bo‘lib, davolanayotgan bemorlarning holidan xabar oldi. Bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning davolanish jarayoni, belgilangan muolajalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qabul qilishi hamda umumiy holati nazorat qilindi.

Fizioterapiya bo‘limida bemorlarga shifokor tavsiyalariga muvofiq muolajalar olib borilayotgani, 2-davolash bo‘limida esa bemorlarning kundalik holati va davolash samaradorligi muntazam kuzatib borilayotgani ta’kidlandi.

Ko‘rik davomida bemorlar bilan suhbatlashilib, ularning murojaat va istaklari tinglandi. Shifokorlar va tibbiyot xodimlariga davolash jarayonida har bir bemorga individual yondashish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida bolalar salomatligini asrash, ularning sifatli davolanishi va sog‘lom hayotga qaytishini ta’minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Orqaga