Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy sanʼat kafedrasi talabalari tomonidan Buxoro viloyat Ftiziatriya bolalar sihatgohida “Yosh avlod shijoati” nomli xayriya konserti tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba ijrochilar bolajonlar uchun kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlarni taqdim etishdi.
Mazkur xayriya konserti bolalarning kayfiyatini ko‘tarish, ularni maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash hamda mehr-oqibat ruhini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.