Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

 

 

2025 yil 30 iyun kuni Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sixatgohida "Yoshlar kuni" munosabati bilan bolalar o‘rtasida ko‘tarinki ruhdagi sport-sayhat musobaqasi va madaniy dastur tashkil etildi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda tarbiyachilar — Tursunova D., Saidova S., Qodirova D., Qodirova U., Yuldosheva M. va Oripova M. faol ishtirok etishdi. Ular bolalarni guruhlarga ajratib, jamoaviy ruhda ishtirok etishlariga zamin yaratishdi.

Musobaqada quyidagi 6 guruh ishtirok etdi:

1. Mittivoy

2. Kamalak

3. Oq kabutar

4. Boychechak

5. Do‘stlik

6. Barkamol avlod

Har bir guruh o‘ziga xos shior va kayfiyatda tadbirda ishtirok etdi. Bolalar o‘rtasidagi musobaqalar o‘zaro do‘stlik, jipslik va faollik muhitida o‘tdi. Ularning qobiliyati, aqliy va jismoniy salohiyatini namoyon qilish imkoni yaratildi.

Tadbirning yanada mazmunli o‘tishida sixatgohning badiiy-musiqiy guruhi ham faol ishtirok etdi. Ularning ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bolalar va xodimlarda katta taassurot qoldirdi. Qo‘shiqlar orqali bayramona kayfiyat yaratilib, har bir ishtirokchining yuzida tabassum va shodlik ko‘rinib turdi.

Bunday tadbirlar bolalarning faolligini oshirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va ularda ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Orqaga