“Zulfixonim qizlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida davolanib tarbiyalanayotgan qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir — “Zulfixonim qizlari” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Ushbu tadbir yosh qizlarda odob-axloq, iqtidor, mehnatsevarlik hamda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tanlovda sihatgohda davolanib tarbiyalanayotgan o‘quvchi qizlar faol ishtirok etdilar. Jumladan, Otaxonova Asalxon, Pirmuhamedova Parvina, Buronova Gulchehra, Bobokulova Marjona va Xakberdieva Shabnam o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.
Ko‘rik-tanlov bir nechta qiziqarli va mazmunli shartlar asosida tashkil etildi:
Tanishtiruv – ishtirokchilar o‘zlari haqida qisqacha ma’lumot berdilar.
Sabzi to‘g‘rash – oshpazlik mahorati va chaqqonlikni namoyish etish.
“Onamga tabrik xati” – onaga bo‘lgan mehr va ehtiromni ifodalovchi ijodiy yozuv.
Tugma qadoq (qadash) – qizlarning qo‘l mehnati va uddaburonligini sinovdan o‘tkazish.
Erkin mavzu – ishtirokchilarning ijodiy qobiliyatini namoyon qilish imkonini berdi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim va mahorati munosib baholandi. Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Otaxonova Asalxon,
2-o‘rin — Pirmuhamedova Parvina,
3-o‘rin — Buronova Gulchehra
faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Tadbir qizlar o‘rtasida katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tarbiyalash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda milliy an’analarga hurmat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi.