Bola salomatligi — jamiyat kelajagining asosidir. Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi ana shu kelajak posboni sifatida bolalarda uchraydigan nafas yo‘llari kasalliklari, ayniqsa, silning oldini olish va davolashga xizmat qilmoqda.
Sihatgoh mutaxassislari zamonaviy diagnostika, parhez, jismoniy tarbiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash orqali har bir bolaning sog‘lomlashuviga hissa qo‘shishmoqda. Bunda shifokorlar, hamshiralar, dietologlar va pedagoglar samarali hamkorlikda ishlashadi.
Bunday sa’y-harakatlar doirasida vrach M. G‘ulyamova tomonidan G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasida ftiziatr hamkasblar va ota-onalar uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda bolalar sil kasalligi profilaktikasi, erta tashxis va sog‘lomlashtirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Qisqasi, viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi bolalarning sog‘lom va baxtli kelajagini ta’minlashga xizmat qiluvchi haqiqiy posbondir.