Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Buxoro viloyat ftiziatriya sihatgohida Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan samimiy bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiri doirasida xomiylar tomonidan davolanayotgan bolalar va sihatgoh xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi. Bu xayrli ish milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatning yorqin namunasi bo‘ldi.
Tadbir jarayonida Buxoroga xos bo‘lgan milliy taom – "Sofi oshi" tayyorlanib, mehmonlarga havola qilindi. Milliy taomlarimiz nafaqat mazasi, balki yuksak qadriyat va mehr-muhabbat timsoli ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bayram dasturxoniga milliy shirinliklar, meva va turli noz-ne'matlar ham qo‘shildi.
Ramazon hayiti bayrami – yaxshilik va mehr-oqibat ramzi sanaladi. Shu bois bugungi tadbir davomida bolalarning quvonchli tabassumlari, bir-birlariga iliq so‘zlar bilan murojaat qilishi bayram muhitiga yanada samimiylik baxsh etdi. Sihatgoh rahbariyati va xodimlari bolalarning bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishi uchun barcha sharoitlarni yaratdilar.
Ramazon hayiti munosabati bilan o‘tkazilgan bu tadbir bolalar uchun nafaqat mazmunli bayram, balki ularning ruhiy quvvat olishi uchun ham muhim voqea bo‘ldi.
Bunday tadbirlar bolalarning ma'naviy rivojlanishiga, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga va ularning yorqin xotiralarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Orqaga