Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

  Ertalabki badantarbiya — sog‘lom kunning boshlanishi!

 

Bugun tong sahardan tashkil etilgan badantarbiya mashg‘ulotlari barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va tetiklik ulashdi. Sof havo bag‘rida bajarilgan mashqlar nafaqat jismoniy sog‘liqni mustahkamladi, balki kunni quvnoq va faol boshlashga zamin yaratdi.

 

Mashg‘ulot davomida turli jismoniy harakatlar, qiziqarli mashqlar hamda jamoaviy faollik ishtirokchilarda birdamlik va ijobiy ruhni yanada kuchaytirdi. Ayniqsa, bolajonlarning quvonchga to‘la kayfiyati tadbirga alohida zavq bag‘ishladi.

 

 Sog‘lom tana — sog‘lom aql garovi!

Har bir tongni badantarbiya bilan boshlash — sog‘lom turmush tarzining muhim qismidir.

 

 

Orqaga