Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi qoshidagi tayanch maktabda ingliz tili fani muntazam va qiziqarли shakllarda o‘qitilmoqda. O‘quvchilar  bilimini mustahkamlash, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha muntazam darslar tashkil etildi. 5-sinfda "My Family" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars Qodirova Shaxnoza tomonidan interaktiv metodlar asosida olib borildi. O‘quvchilar oilaviy atamalar bilan tanishtirildi, dialoglar tuzdi, rasm asosida gapirish mashqlari bajarildi. Darsda juftlikda ishlash, savol-javob, rolli o‘yinlar orqali faol ishtirok ta’minlandi.
Natijada, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi oshdi, mavzu bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi. Dars maqsadiga erishdi, o‘quvchilarda til o‘rganishga ijobiy motivatsiya shakllandi.

Orqaga