Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va uni saqlashda jismoniy faoliyat muhim o‘rin tutadi. Doimiy jismoniy harakatlar inson salomatligini mustahkamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi va turli kasalliklarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi ma'muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan jismoniy faoliyatni targ‘ib qilish va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqalar 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi: voleybol, shashka, arqonda sakrash, halqa aylantirish va yugurish.
Sport musobaqasi g‘oliblari
Voleybol musobaqasida ma'muriyat ishchi xodimlaridan iborat jamoa g‘olib bo‘ldi. Jamoa a'zolari: Qurbonova O., Shodiyeva F., Musayeva U., G‘ofurova M., Yuldasheva F., Nurova M.
Shashka bo‘yicha 2-bo‘lim hamshirasi Ro‘ziyeva Gulshan g‘olib deb topildi.
Arqonda sakrash bo‘yicha hisobchi To‘rayeva Nafisa eng yaxshi natijani qayd etdi.
Halqa aylantirish bo‘yicha tarbiyachi Isoqova Dildora birinchi o‘rinni egalladi.
Yugurish bo‘yicha bosh vrach kotibasi Rahimova Hafiza g‘olib bo‘ldi.
Barcha g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar, bu esa xodimlarning jismoniy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Jismoniy faoliyat sog‘lom hayot tarzining ajralmas qismi hisoblanadi. Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida tashkil etilgan sport musobaqasi buning yorqin namunasi bo‘lib, xodimlarning jismoniy faolligi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e'tiborini yanada oshirishga xizmat qildi. Har bir inson salomatligini muhofaza qilish va jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirishga intilishi lozim.