Kogon tumanida sil kasalligi profilaktikasi bo‘yicha ishlar
2026 yil 6 mart kuni Kogon tuman KTМP ftiziatriya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2014 yil 24 oktabrdagi 383-sonli buyrug‘i talablari ijrosi, sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar va ular bilan muloqotda bo‘lgan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish hamda profilaktik ishlar holatini o‘rganish maqsadida xizmat safari amalga oshirildi.
Tuman aholisi 86 323 nafar, shundan 0–18 yoshli bolalar 29 345 nafarni tashkil etadi. 2025 yildan buyon bolalar orasida 3 nafar birlamchi sil kasalligi holati aniqlangan. Jami 61 nafar muloqotda bo‘lgan bola “D” nazoratida kuzatuvga olingan.
Tekshiruvlar davomida 1155 nafar bolaga diaskintest, 150 nafar bolaga tuberkulin sinamasi o‘tkazildi. Natijada 3 nafar bolada faol sil kasalligi aniqlanib, ular Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi bolalar bo‘limiga davolanish uchun yotqizildi. Shuningdek, 4 nafar BCG bilan emlanmagan bolaga BCG vaksinasi qilindi.
Muloqotda bo‘lgan hamda test natijalari musbat chiqqan bolalarni kimyoprofilaktika olish maqsadida bolalar ftiziatriya sihatgohiga yuborish tavsiya etildi.