Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida davlat organlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Ushbu tashabbus Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati doirasida amalga oshirilmoqda.
Sihatgoh rahbariyati ishga qabul qilish jarayonlarini shaffof o‘tkazish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlarini vacancy.argos.uz platformasida e’lon qilish va hrm.argos.uz sayti orqali tanlov asosida kadrlarni saralash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bu korrupsiyaning oldini olish va mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, viloyat prokuraturasi va boshqa tegishli organlar bilan muntazam axborot almashish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida maxsus buklet va bannerlar tayyorlanib, aholiga taqdim etildi. Ular orqali korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefonlari e’lon qilindi:
Ishonch telefonlari:
1203 – Umumiy ishonch telefoni
1253 – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
1003 – Sog‘liqni saqlash vazirligi
1064, 65 220 21 81 – Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Ushbu chora-tadbirlar tibbiyot tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi.